Eronning Ahvaz shahridagi harbiy parad vaqtida yuz bergan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 kishiga yetdi, yana 60 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Eron parlamentining mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abu Fadl Begiyning so‘zlariga ko‘ra, hujum qilgan jangarilarning uch nafari voqea joyida yo‘q qilingan, qolganlari esa shifoxonadavafot etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar Saudiya Arabistonidan va Isroilning “Mossad” xizmatidan ko‘mak olgan.
Deputatning qo‘shimcha qilishicha, terrorchilar Iroq Kurdistonidan kelgan bo‘lib, ular bir muddat avval Eron tomonidan o‘qqa tutilgan jangarilar guruhiga mansubdir.
Ma’lumot uchun, Ahvaz shahri Eron janubida, Iroqning janubiy viloyatlariga yaqin joylashgan. Shaharda asosan arablar istiqomat qiladi. Iroq Kurdistoni esa Iroq shimolida joylashgan.
Avvalroq Eronning
O‘z navbatida, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ushbu terakt uchun javobgarlik “mintaqadagi terrorizm homiylari va ularning amerikalik yo‘riqchilari” zimmasida ekanini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)