UEFA Yevropa Ligasi 1-turining ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Ramziy terma jamoaga eng ko‘p o‘yinchis “Sevilya” klubidan kirdi. Bular — hujumchi Vissam Ben-Yedder hamda yarim himoyachi Ever Banega. Shuningdek, undan Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan “Bayer”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Kay Xaverts ham o‘rin olgan.
Ramziy terma jamoa tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Denis Shcherbiskiy (BATE),
Himoyachilar: Yoakim Mexlu (“Genk”), Enso Roko (“Beshiktosh”), Aleksandr Martinovich (“Krasnodar”), Mikael Lustig (“Seltik”),
Yarim himoyachilar: Rafinya (“Sporting”), Ever Banega (“Sevilya”), Kay Xaverts (“Bayer”), Izet Xayrovich (“Dinamo Zagreb”);
Hujumchilar: Vissam Ben-Yedder (“Sevilya”), Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”).
Izoh (0)