UEFA tashkiloti muxlislar ovozlari yordamida Yevropa Chempionlar Ligasi 1-turida urilgan eng chiroyli golni aniqlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Milanning “Inter” jamoasi hujumchisi Mauro Ikardi tomonidan “Tottenhem” darvozasiga kiritilgan gol Chempionlar Ligasi 1-turining eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi.
Bu nomga, shuningdek, Mariano Dias (“Real”), Usmon Dembele (“Barselona”), Renatu Sanshesh (“Bavariya”) tomonidan kiritilgan gollar ham da’vogar sifatida ko‘rsatilgandi.
https://twitter.com/twitter/statuses/1043152872555180032
Ma’lumot uchun, avvalroq Lionel Messi 1-turning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgandi.
Izoh (0)