UEFA Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomi ma’lum bo‘ldi. 1-turning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Leverkuzenning “Bayer” jamoasi yarim himoyachisi Kay Xaverts e’tirof etildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Endigina 19 yoshni qarshilagan Xaverts safarda “Ludogorets”ga qarshi kechgan 1-tur bahsida dublga erishdi va “Bayer”ning 3:2 hisobida g‘alabaga erishishida katta hissa qo‘shdi.
Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlar sifatida “Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang, “Sevilya” yarim himoyachisi Ever Banega va “Dinamo Zagreb” futbolchisi Izet Xayrovich ko‘rsatilgandi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Lionel Messi e’tirof etilgandi.
Izoh (0)