Avstraliyaning Woolworths supermarketlar tarmog‘i butun mamlakat bo‘ylab o‘z do‘konlarida savdodan tikish ignalarini olib tashladi. Bunga mamlakatda mevalar ichidan ignalar va to‘g‘nog‘ichlar topilishi holatlari sabab bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Tarmoqning bayonotida aytilishicha, tikish ignalarini do‘konlarda savdodan vaqtincha olish orqali ehtiyot choralari ko‘rilmoqda.
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mevalarga igna sanchigan yovuz niyatlilar uchun jazoni 15 yilgacha bo‘lgan qamoq bilan kuchaytirishni taklif qilgan.
Bu hodisalarda gumonlanib, o‘smir bola qo‘lga olingan. O‘spirin aybiga iqror bo‘lgan va o‘z xatti-harakatlarini “sho‘xlik” deb atagan. Politsiya boshqa gumonlanuvchilarni qidirishda davom etmoqda.
Izoh (0)