Ummonlik millioner Britaniya sudini sobiq rafiqasiga to‘lashga puli yo‘qligiga ishontirmoqchi bo‘ldi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi, deb yozadi Metro.
Britaniya sudi tadbirkorga nisbatan ajrimdan so‘ng Londonda qolgan sobiq xotini va bolalariga 200 ming funt to‘lash haqida qaror chiqargan edi.
Millionerning hisobida 34 million funt sterling bo‘lsa-da, u puli yo‘qligini ro‘kach qilib, sobiq oilasiga pul bermay kelgan.
Ushbu ishni ko‘rib chiqayotgan sudya millionerning “puli yo‘qligi”ga qaramay qimmat advokat yollaganidan shubhalandi. Shundan so‘ng u millionerga nisbatan sobiq xotinining advokatlariga ham o‘z advokatlariga to‘layotganidek pul to‘lash haqida qaror chiqargan.
Izoh (0)