Facebook ko‘z o‘ngimizda AQSh maxsus xizmatlarining axborot makonini Vashingtonga yoqmaydigan kontentdan tozalash bo‘yicha vositasiga aylanib bormoqda. Bunday fikrni Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova bildirib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Facebook senzurani kuchaytirish yo‘lidan borishda davom etmoqda… Kelib tushayotgan axborotga ko‘ra, soxta yangiliklarga qarshi kurash bahonasida endi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini, audio va video materiallarni tekshirishni rejalashtirishmoqda. Demak, nafaqat Facebook’dagi, balki unga tegishli resurslarda ham har qanday axborot bloklab qo‘yilishi yoki o‘chirilishi mumkin ekan”, — dedi diplomat.
“Shu tariqa, o‘zini erkin muloqot va turli kontent bilan ayirboshlash bo‘yicha vosita sifatida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib kelgan Mark Sukerbergning mahsuloti ko‘z oldimizda aynan hozir Amerika maxsus xizmatlarining axborot makonini rasmiy Vashingtonga yoqmaydigan materiallardan tozalash bo‘yicha vositasiga aylanib bormoqda”, — deya ta’kidladi u.
Izoh (0)