Samsung kompaniyasi Galaxy J smartfonlari qatoridan voz kechishni ko‘zlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ayni paytda kompaniya hamyonbop Galaxy J/On smartfonlarini sotmoqda. Ularning narxi Galaxy A va Galaxy S/Note narxlarining o‘rta kategoriyasiga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqaruvchi Galaxy M qatorini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu esa savdo tizimini qayta tashkillashtirishni talab qiladi.
Galaxy M seriyasi Galaxy J qatorining o‘rnini egallashi kutilmoqda. Bunda yangi qator telefonlarining yanada arzonroq bo‘lishi istisno qilinmayapti.
Shuningdek, Galaxy A seriyasi modellarining bir qismi pastki narx guruhiga o‘tishi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)