Samsung bosh direktori Dong Jin Ko Janubiy Koreyadagi konferensiyada flagman modeli — Galaxy S10 smartfonini namoyish etdi, deb yozadi “Pyatiy kanal”.
Taqdimot chog‘ida u yangi gadjet kompaniya chiqargan “eng innovatsion”iga aylanishini ta’kidladi. Korporatsiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, qurilmaning faqat ichki xususiyatlari qiziqarli bo‘libgina qolmay, uning dizaynida ham qurilmani farqli qilib turuvchi juda muhim o‘zgarishlar bo‘lgan. Xususan, Samsung Galaxy S10 shu paytgacha firma mahsulotlarida qo‘llanilmagan yangi rangda chiqadi.
Bundan tashqari, Dong Jin Ko yangi Galaxy qurilmalari ikkita himoya vositasiga ega bo‘lishini aytdi, bular — smartfon egasining daktiloskopik (barmoq izi) datchiklari va yuz skaneri.
Samsung rahbari qolgan tafsilotlarni oshkor etishdan bosh tortdi va boshqa sirlarni 2019-yil fevraliga belgilangan rasmiy taqdimotgacha saqlashini ta’kidladi.
Izoh (0)