Apple kompaniyasi Apple Watch uchun watchOS 5 operatsion tizimi yangilanmasini chiqardi, deb yozadi Rambler News.
watchOS 5 da “Faollik” dasturi yangilandi: endi do‘stlaringizni yetti kunlik bahsga chaqirishingiz mumkin, yangi mashqlar va faollik turlari paydo bo‘ldi.
Siri endi Apple Watch Series 2 va Series 3 da ovozli buyruqsiz ishlaydi. Bilakni ko‘tarib, gapirishni boshlash kifoya. “Ratsiya” dasturi qo‘shildi.
Bundan tashqari, soatdan iMessage orqali linklarni ochish mumkin bo‘ldi.
watch OS 5 ni quyidagicha o‘rnatish mumkin: Watch → Asosiylar → DT yangilanmasi
Izoh (0)