Qozog‘iston parlamenti senati raisi Kasim-Jomart Tokayev Twitter’dagi rasmiy akkauntida yoshlarni dabdabali to‘ylarni o‘tmishda qoldirishga chaqirib, maqtanchoqlik bilan qilinayotgan isrofgarchilik va hashamat kishini jonidan to‘ydirganini aytdi, deb yozadi Sputnik.
“O‘zbeklar, turklar, turkmanlardan namuna olib, milliy an’analarga urg‘u berish kerak”, — dedi Tokayev.
Eslatib o‘tamiz, avgustda O‘zbekiston Senati Kengashining majlisida “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarida To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan edi.
Izoh (0)