Xorazm shakar zavodining nomini o‘zgartirishmoqchi, deb yozadi Spot kompaniya saytiga joylangan e’longa tayanib.
18-sentabrga “Xorazm Shakar” AJ QK aksiyadorlari yig‘ilishi belgilangan. Kun tartibidagi masalalardan biri — zavod nomini o‘zgartirish.
Muhokama qilish rejalashtirilayotgan boshqa masalalar — AJning yangi tahrirdagi ustavini, yangi ijro tuzilmasini, yangi ichki qoidalarni, kuzatuv kengashining yangi tarkibini va yangi inspeksiya komissiyasini tasdiqlash.
Avvalroq toshkentlik Toshev A.R. Xorazm shakar zavodi aksiyalarining 99,4 foizini sotib olgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)