“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati taklifiga binoan Beicip Franlab kompaniyasi delegatsiyasi Toshkentda bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uchrashuvlarda tomonlar uglevodorod xomashyosini qidirish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, qidiruv ishlari, konlarni ishlab chiqish, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining xorijiy bozorlarga chiqishi va kompaniya mutaxassislari uchun treninglar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Yakunda tomonlar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari va takliflar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzildi.
Ma’lumot uchun, Beicip Franlab Fransiya Neft va gaz institutining sho‘’ba kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya bugungi kunda 100 dan ortiq davlatda faoliyat yuritadi.
Izoh (0)