Meredith korporatsiyasi Time jurnalini 190 million dollarga sotdi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Uni xususiy investorlar Mark Beneff va uning rafiqasi Linn xarid qilgan.
Meredith Time Inc. brendini 2,8 million dollarga sotib olgan edi. Keyinroq Meredith’ning qarzlarini qisqartirish uchun kompaniya yangilik va sport xabarlariga ixtisoslashgan nashrlarini sota boshlagani haqida ma’lum qilingan edi.
Mark Beneff Salesforce kompyuter kompaniyasi asoschilaridan biri hisoblanadi.
Dunyodagi eng keksa nashrlardan biri bo‘lgan Time jurnali ham keyingi vaqtda reklamadan daromad kamaygani bois muammolar girdobida qoldi.
Izoh (0)