Innovatsiya vazirligi yangi loyiha — QR Book kartalarini ishga tushirdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Endi talabalar zarur adabiyotni qidirish uchun vaqt sarflamaydi va o‘quv qo‘llanmalari, virtual laboratoriyalar va multimedia vositalaridan telefon yordamida onlayn foydalanishi mumkin. Buning uchun u smartfoniga QR code reader kartasini yuklab olishi kerak. Shundan so‘ng kitobni mashina, jamoat transporti, o‘quv yurti yoki dam olishda o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.
Loyihani takomillashtirish uchun kelgusida QR Book kartalarida video va animatsiya, fotomateriallar, laboratoriya ishlarini joylashtirish mo‘ljallagan.
Mazkur loyiha dastlab Toshkent davlat stomatologiya institutida tajribadan o‘tkaziladi va keyinchalik barcha oliy o‘quv yurtlarida joriy etiladi.
Izoh (0)