O‘zbekistonda yana Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Mazkur holat 16-sentabr, soat 17:00 lardan boshlangani qayd etilgan. Shu bilan birga, Facebook VPN servisidan foydalanganda binoyidek ishlamoqda.
Downdetector servisiga ko‘ra, Italiya, Polsha, Germaniya va Buyuk Britaniyada ham foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolarga duch kelmoqda.
Izoh (0)