Uzcard tizimi yana ishlay boshladi, deb xabar berdi huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z Telegram-kanalida.
Hali barcha operatsiyalarni bajarish imkoni yo‘q. Hozircha faqat kartadagi hisobni ko‘rish mumkin. U tizimning qolgan faoliyati ham to‘liq tiklanishiga umid bildirib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Uzcard banklararo to‘lov tizimi ishdan chiqqanligi, uning serverlarida jiddiy xato yuzaga kelgani tufayli, 15-sentabr kuni soat 18:52 dan boshlab savdo shoxobchalari terminal bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilmay qo‘ygan, kartochka orqali onlayn tovar va xizmatlarni sotib olishning ham imkoni bo‘lmagan edi.
Izoh (0)