Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash, ya’ni rentabellik asosida moliyalashtirish uchun 4 yo‘nalish — ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, “startap” loyihalari bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
Moliya vazirligi tomonidan yuqoridagi loyihalarini moliyalashtirish uchun 2018 yilda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 50 milliard so‘m miqdorida budjet mablag‘i ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslardan 2018 yil 6-oktabr soat 18.00 ga qadar qabul qilinadi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Tanlov natijalari vazirlik rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Izoh (0)