• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bahodir Qo‘chqorov: “Ravshan Ermatov bu yilgi Jahon chempionatida eng qiyin o‘yinda ishladi”

    FIFA kunlari doirasida 11-sentabr kungi O‘zbekiston—Eron uchrashuvida qirg‘izistonlik hakamlar faoliyat olib bordi. Mazkur o‘yinda o‘zbek futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo‘lgan Bahodir Qo‘chqorov ham qanot hakami sifatida ishladi. JARda o‘tgan JCh—2010 va Braziliyada o‘tga JCh—2014 da Ravshan Ermatov brigadasida faoliyat olib borgan Qo‘chqorovning Toshkentga kelganidan foydalanib, “Championat.asia” nashri intervyu uyushtirdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    — Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

    — Hamon hakamlik faoliyatini davom ettirayapman. Qirg‘izistonda milliy chempionatda ishlayapman. Bundan tashqari O‘sh shahridagi futbol maktabining direktoriman. Shuning bilan birga O‘shda futbol akademiyasida hakamlarni o‘qitish guruhi ochilgan. Uch yildan buyon hakamlarga dars berayapman. Har 8 oyda hakamlar ushbu o‘qishni bitirishadi. Hozirgi kunda ikki nafar shogirdim Ismoil Tolibjonov va Husan Jumaboyev FIFA assistenti hisoblanadi.

    — O‘g‘lingiz futbolchi ekanidan xabarimiz bor...

    — To‘g‘ri. Bir necha yil davomida futbolga qatnashdi va yoshlar terma jamoasiga qabul qilingandi. Biroq yozda Ravshan Ermatov Issiqko‘lga borganidan so‘ng o‘z fikrini o‘zgartirib 17 yoshda hakamlik faoliyatini boshladi. Hakamlik maktabini tugatdi va hozirda birinchi, ikkinchi liga va bolalar futbolida hakamlik qilmoqda.

    — FIFA hakamlarning yoshiga qo‘ygan cheklovni olib tashlaganmi?

    — Ha. Masalan men 48 yoshdaman, yaqinda 49 ga to‘laman. Oldinlari Jahon chempionatida ishlaydigan hakamlarning yoshi 45dan past bo‘lishi kerak edi. Bugungi kunda ham OFK xalqaro o‘yinlarni ishoni topshirishmoqda. Bir hafta oldin Malayziyada “Suzuki Kubogi” musobaqasida hakamlik qildik shogirdlar bilan. Undan oldin Livanda ishladik. Biz professionalmiz, shu bois OFK qaysi o‘yinni topshirsa, o‘sha bahsda ishlayveramiz.

    — Rossiyada o‘tgan mundialda Ravshan Ermatov boshqargan o‘yinlarni ko‘rganingiz aniq. Sizning fikringiz qanday?

    — Ermatov bu yilgi Jahon chempionatidagi eng qiyin o‘yinda ishladi. Bekorga FIFA uni aynan mana shu o‘yinlarga tayinlamadi. Ravshan bu uchrashuvlarda munosib ishladi. Ravshan Ermatov Jahon chempionatida 11ta o‘yinda ishlab qo‘ydi. Bu tarixda qoldi. Yaqin orada uning natijasini kimdir yangilay olarmikin? Bilmadim. Bir kun kelib Ermatov bilan birga o‘tirib kitob yozamiz. O‘sha kitobda barchasini bayon qilamiz. Qanchalik qiyinchiliklardan o‘tganimiz haqida yozamiz. Qolgan hakamlar xafa bo‘lishmasin-u Ravshan erishgan natijaga hech kim yaqin 20-30 yilda erishmasa kerak. Abduhamidillo Rasulovning jarohat olishi esa bu taqdir. Futbol va jarohatlar chambarchas bog‘liq.

    — Siz JCh-2010da Rafael Ilyasov birga ishlagansiz. Ayni paytda u Rossiyada yashamoqda. U bilan aloqa saqlanib qolganmi?

    — Albatta. Bugungi kunda Rafael Qozonda yashamoqda. Birinchi ligada hakamlik qilmoqda. Bilasizmi, futbol qoidasi barcha joyda bir xil. Yaxshi oshpaz bo‘lsa, yaxshi kosib bo‘lsa, unga istalgan joyda talab bo‘ladi. Ilyasov ham tajribali hakam, shu bois unday yigit ishsiz qolmasligi aniq edi.

    — Qirg‘iziston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogiga chiqdi. Muxlislar terma jamoadan qanday natija kutishmoqda?

    — Kuni kecha o‘z maydonimizda Falastin bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Bosh murabbiy Aleksandr Krestinin Falastin bilan bahsga legionerlarni chaqirmagandi. Bugun Suriya bilan o‘ynaymiz (suhbat 10-sentabr kuni bo‘lgan). Bu uchrashuvda esa legionerlar ishtirok etishadi. Qirg‘iziston o‘z tarixida birinchi bor Osiyo Kubogiga chiqdi. Demak oldinga siljish bor. Lekin bugungi kunda yoshlarda “pijonlik” ko‘payib ketdi. Qirg‘iziston terma jamoasida pul uchun o‘ynash kerak emas, vatan uchun maydonda borini berish kerak. Mayli yutqazsin, lekin o‘sha o‘yindan keyin muxlislar olqishlab kuzatib qo‘yishsin. Shaxsan o‘zim Rossiyaga borib, mundial bahslarini stadionlardan ko‘rdim. Rossiya terma jamoasi chorak finalda yutqazdi, lekin muxlislar futbolchilarni xalq qahramoni sifatida qo‘llarida ko‘tarib yurishibdi. Qirg‘iziston terma jamoasi yangi tarix yaratishiga ishonaman. Qirg‘izistonlik hakam Jahon chempionatida ishladi, endi terma jamoa chiqishi kerak. Murabbiylar xorij davlatlarida ishlashlari lozim, futbolchilar ham legioner sifatida o‘ynashlari kerak. Bitta joyda o‘ynayverish kerak emas.

    — Faoliyatingizda shu kungacha ishlagan eng muhim o‘yin qaysi?

    — Hayotimda hech qachon yodimdan chiqmaydigan o‘yin Yoxannesburg shahrida bo‘lib o‘tgan. JCh-2010 ochilish uchrashuvi, JAR va Meksika o‘rtasidagi bahs. 1997-yil 26-may kuni faoliyatimdagi birinchi uchrashuvimni “Paxtakor” stadionida o‘tkazganman. O‘zbekiston va Kamboja o‘rtasidagi o‘yin men uchun debyut bo‘lgan. Mirjalol Qosimov, Igor Shkvirin gol urganini bilaman, nazoratchi kim bo‘lgani ham yodimda. Bu voqeaga ham darrov 21 yil bo‘libdi.— Yozda Ravshan Ermatov ta’tilni Issiqko‘lda o‘tkazgani haqida o‘qidik. Siz ham dam olgani Toshkentga kelib turasizmi?

    — 2006 yildan buyon Ravshan Ermatovning oilasi bilan yaqinmiz. Toshkentga kelsam, mehmonxonaga bormayman. Ravshan yoki Abduhamidulloning uyida qolaman. Har yili yozda Issiqko‘lga boradi. Oilaviy bordi-keldi hakamlik tugaganidan keyin ham bo‘ladi. Sababi Ermatov bilan birga qadrdonga aylanib ketganmiz. Aka-ukachiligimizga ko‘z tegmasin. O‘g‘lim hakamlik qilayapti dedim. Toshkentga kelib Ravshanning uyida bir hafta yotib, malakasini oshirib ketadi. O‘sh—Toshkent reysi ochiladi deyishmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yanada mustahkamlanmoqda. Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlari aka-uka. Xudo xohlasa, birinchi O‘zbekiston Jahon chempionatiga boradi, undan keyin Qirg‘iziston ham mundialga chiqadi.

    — Tajribali qanot hakami sifatida VAR tizimiga munosabatingiz qanday?

    — VAR tizimiga shaxsiy fikrim bo‘yicha boshida bunga qarshi edim. Keyinchalik Rossiyadagi mundialga borganimda kerak narsa ekanligini tushunib yetdim. Faqat muhim vaziyatlarda, ya’ni ushbu tizim o‘yin paytidagi 3ta vaziyatni (gol urilgan vaziyat, penalti belgilangan holat va kartochkani to‘g‘ri berish) tekshirish uchun ishlatilsa, futbolda xatolar maksimal darajada kamayadi.

    13.09.2018, 12:58   Izoh (0)   24154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pepsi Superliga. Bugun hal qiluvchi bosqichga start beriladi

    13.09.2018, 12:35

    Armiya qo‘l jangi xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto+video)

    12.09.2018, 19:34

    Taekvondo bo‘yicha Jahon chempioni Dmitriy Shokin uylandi (foto)

    12.09.2018, 17:16

    Braziliya Salvadorni “sochib tashladi”, Argentina esa Kolumbiyani yuta olmadi (video)

    12.09.2018, 12:19

    ​Odil Ahmedov: “O‘yin davomida ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik​”

    12.09.2018, 11:55

    Ektor Kuper: “Oktabrdagi yig‘inda hali terma jamoaga umuman chaqirilmagan o‘yinchilar bo‘ladi”

    12.09.2018, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kim Chen In ochilganiga uch hafta ham bo‘lmagan turistik kurortni xorijliklar uchun yopdi

    Dunyo | 18 iyul, 19:40

    “Elektr toki uzilishidan ko‘rilgan zararni qoplash mexanizmi joriy etilishi zarur” — tadbirkor

    O‘zbekiston | 18 iyul, 19:25

    Hatto yulduzlar ham ashaddiy muxlis bo‘ladi: sevimli san’atkorlari bilan uchrashganda o‘zini yo‘qotib qo‘ygan mashhurlar

    Kino | 18 iyul, 19:17

    O‘zbekistonda o‘n mingdan ortiq xodimning 130 mlrd so‘mga yaqin maoshi undirib berildi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 18:55

    Twitter asoschisi quyoshda yurish vaqtini nazorat qiluvchi Sun Day ilovasini taqdim etdi

    Texnologiyalar | 18 iyul, 18:52

    Toshkentda ijaradagi uyida “Poker” o‘yinlarini tashkil etgan xorijlik fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 18:45

    Koreya O‘zbekistondan oltita xizmat iti xarid qildi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.