Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida joriy yilning 8-sentabr kuni Buvayda tumanida yashovchi U.Q. IIBga murojaat qilgan, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Fuqaro o‘z murojaatida shu yil 25-avgust kuni noma’lum shaxs Farobiy ko‘chasida joylashgan “Farobiy” savdo kompleksidagi do‘kon rastasi tagida qarovsiz qoldirilgan ichida 10 mln. 200 ming so‘m puli bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi M.B. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)