AQSh Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek O‘zbekistonga keladi. Bu haqda departament matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Xabarda aytilishicha, Sem Braunbek 10—19-sentabr kunlari Ukraina, Polsha va O‘zbekistonda bo‘ladi.
O‘zbekistonda elchi diniy erkinlik sohasidagi so‘nggi islohotlarni muhokama qilish uchun yuqori lavozimli amaldorlar bilan uchrashadi.
Ma’lumot uchun, Braunbek 2018-yil 1-fevraldan AQSh Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Izoh (0)