Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al Malikiy 11-sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Vashington tomonidan BMTning falastinlik qochoqlarga ko‘maklashish va ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yish haqidagi qarorini “xalqaro huquqqa hujum” deb atadi. Bu haqda “Eadaily.com” xabar bermoqda.
O‘tgan oy oxirida Amerika ma’muriyati AQShning UNRWA’ga to‘lovlarini “muzlatib qo‘yish” haqida qaror qabul qildi, shundan keyin prezident Tramp avvalroq Sharqiy Quddusdagi Falastin kasalxonalari faoliyatini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan 25 million dollarni boshqa dasturlarga yo‘naltirish haqida buyruq berdi.
Izoh (0)