Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 11-sentabr kuni ertalab Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatiga uchib ketdi, deb yozadi Asia-Plus. Davlat rahbarining tashrifi qancha vaqt davom etishi noma’lum.
O‘z ishchi safarini prezident Vanj tumanidan boshladi. U yerda davlat rahbari tuman markazidagi 4-son umumta’lim maktabini ochib berdi.
Bu orada Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati aholisini qurolsizlantirish bo‘yicha maxsus operatsiyani yakunladi: ular o‘zlari noqonuniy saqlab kelayotgan qurollarni ixtiyoriy ravishda harbiylarga topshirgan.
Izoh (0)