AQShda 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan keyin joriy qilingan favqulodda holat rejimi yana bir yilga uzaytirildi, deb xabar beradi “Exo Moskvi” Donald Tramp imzolagan tegishli farmonga tayanib.
Oq uydagilar fikricha, terrorchilik xavfi saqlanib qolmoqda, shu sababli hukumatning kengaytirilgan vakolatlari 2018-yil 14-sentabrdan keyin ham amal qilishi kerak.
Izoh (0)