CBS telekanali operatori Mark Lagangi 2001-yil 11-sentabrdagi hujumning 17 yilligi arafasida hodisaning qoq markazida olgan videosini e’lon qildi.
Hozirgacha mazkur rolikni 8 million kishi ko‘rishga ulgurdi.
Yarim soatdan kamroq davom etadigan videoda operator minoralar qulagandan so‘ng hosil bo‘lgan tonnalab chiqindi va chang qurshovida o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar qanday ishlayotganini ko‘rsatgan.
Rolikni tomosha qilgan foydalanuvchilar qutqaruvchilar faoliyatiga yuksak baho bergan.
Izoh (0)