Moskvaning Novocherkass xiyobonida Volkswagen Polo mashinasida bir necha kishini urib yuborgan haydovchi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi. U buni qahvaxonadagi mojarodan so‘ng atayin qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi jabrlangan va ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan.
“Mojaro ishtirokchilaridan biri avtomobil ruliga o‘tirgan va uni g‘azabini keltirgan kishilarning ustiga bostirib borgan. Hozirda haydovchi qo‘lga olindi. U voqea joyidan qochishga harakat qilmagan va ayni paytda ko‘rsatma bermoqda”, — deyiladi Rossiya IIV Moskva shahri boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.
OAVga ko‘ra, qo‘lga olingan erkak Bekjon S. bo‘lib, u 1997-yilda tug‘ilgan.
Izoh (0)