“Rossiya” telekanalining “Vesti v subbotu” ko‘rsatuvi Alisher Usmonovning 65 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvni namoyish etdi.
Ko‘rsatuvda Usmonov dunyoda birinchilardan bo‘lib internetning tijoriy salohiyatini ilg‘ay olganligi bildirilgan.
Shuningdek, o‘ta boy bo‘lgan ko‘plab kishilardan farqli o‘laroq, o‘z nomi atrofida ortiqcha shov-shuvsizlarsiz xayriya ishlariga 2 milliard dollar sarflagani qayd etilgan.
Xususan, Usmonov Mstislav Rostropovich va Galina Vishnevskayaning 450 tarixiy buyumdan iborat rus san’ati asarlari kolleksiyasini 2007-yilda Sotheby’s auksionida savdolar boshlanishidan oldin to‘lig‘icha sotib olgani va Rossiya davlatiga beg‘araz hadya etgani eslatib o‘tilgan.