BMT Facebook’dagi sahifasida tarixda eng ko‘p odamlarga yordam bergan Abdulsattor Edxiy haqida ma’lumot berdi.
U Britaniya Hindistonida Gujarat shahrida tug‘ilgan. 11 yoshida onasi insult tufayli falaj bo‘lib qoladi va unga o‘zi g‘amxo‘rlik qila boshlaydi. 19 yoshga to‘lganida onasidan ayriladi, shunda u hayotini xastalar, qariyalar va bechoralarga yordam berishga bag‘ishlashga qaror qiladi. Pokistonda kambag‘allar uchun hech qanday ijtimoiy ta’minot yo‘q edi. Edxiy bepul kasalxona qurishga pul yig‘ish uchun ko‘chada tilanchilik qila boshlaydi.
O‘shandan buyon uning jamg‘armasi 20 ming nafar qarovsiz bolalarni qutqardi, 50 ming yetimga yordam berdi, 40 ming hamshirani o‘qitdi. Edxiy bepul qariyalar va bolalar uylari, kasalxonalar, ayollar uchun boshpanalar va giyohvandlar uchun reabilitatsiya markazlari tarmog‘i bilan bir qatorda, dunyodagi eng yirik tez yordam xizmatini yaratdi.
Umr bo‘yi u ikkita kostyum kiygan. U hech qachon o‘z jamg‘armasidan maosh olmagan. Edxiy: “Hashamat uchun yashashdan to‘xtaganingizda, hayotning mazmunini tushuna boshlaysiz”, — degan ekan. 2009-yilda u YuNESKOning Manajit Singx mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Edxiy 2016-yil 8-iyulda 88 yoshida vafot etgan. Uning so‘nggi vasiyati o‘z organlarini ehtiyojmandlarga berish bo‘lgan.
Izoh (0)