Rossiya harbiylari AQShni Suriyaga fosforli o‘q-dorilar bilan zarba berishda aybladi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Rossiyadagi yarashtiruv markazi rahbari general Vladimir Savchenko ma’lum qilishicha, 8-sentabr kuni Dayr-az-Zor viloyatida ikkita F-15 samolyoti Xajin aholi punktiga zarbalar bergan. Qurbonlar soni aniqlashtirilmoqda.
Savchenkoning ta’kidlashicha, bunday quroldan foydalanish Jeneva konvensiyasi orqali taqiqlangan. Pentagonda esa bunga javoban Suriyada fosforli o‘q-dorilar qo‘llanilmaganini aytmoqda.
Izoh (0)