31-avgust sanasida Italiya A Seriyasining 3-tur bellashuvlariga start berilgandi. Kecha, 2-sentabr kuni tur uchrashuvlari yakunlandi.
Mazkur turda “Milan” Rimning “Roma”sini qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Milanliklarning gollariga Frank Kessie hamda Patrik Kutrone mualliflik qilgan bo‘lsa, “Roma”ning javob goli Federiko Fasio nomiga yozildi.
“Parma” maydoniga safar qilgan “Yuventus” Mario Manjukich hamda Blez Matyuidining gollari evaziga navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Chempionlikka da’vogarlardan biri sanalgan Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Napoli” esa kutilmaganda “Sampdoriya”ga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. “Inter” esa “Bolonya” maydoniga safar qilib, 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi.
A Seriya
3-tur bellashuvlari
2-sentabr
“Fiorentina”—“Udineze” 1:0
Gol: 1:0—73 Benassi.“Sampdoriya”—“Napoli” 3:0
Gollar: 1:0 – 11 Defrel, 2:0 – 32 Defrel, 3:0 – 75 Kualyarella.“Torino”—SPAL 1:0
Gol: 1:0—52 Nkulu.“Latsio”—“Frozinone” 1:0
Gol: 1:0—52 Luis Alberto.“Kyevo”—“Empoli” 0:0
“Atalanta”—“Kalyari” 0:1
Gol: 0:1—45 Barella.“Sassuolo”—“Jenoa” 5:3
Gollar: 0:1 – 27 Pentek, 1:1 – 34 Boateng, 2:1 – 38 Lirola, 3:1 – 41 El-Babakar, 4:1 – 45, avtogol Spolli, 5:1 – 62 Ferrari, 5:2 – 70 Pandev, 5:3 – 83 Pentek31-avgust, juma
Izoh (0)