Bugun, 1-sentabr sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining boks musobaqalarida final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina -69 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bobousmon Boturov final jangini o‘tkazdi. Unga hal qiluvchi jangda qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenov raqiblik qildi. Hakamlar 3:1 hisobida o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa O‘zbekistonning oltin medallari soni 19 taga yetdi.
Avvalroq -49 kg va -60 kg vaznda Hasanboy Do‘stmatov, Shunqor Abdurasulov kumush, -52 kg vazndagi Jasurbek Latipov hamda -56 kg vaznli bokschi Mirazizbek Mirzhalilov, shuningdek, -64 kgdagi Iqboljon Xoldorov esa oltin medalga ega chiqqani haqida xabar berilgandi.
Kunning so‘nggi jangida Isroil Madrimov qozog‘istonlik raqibiga qarshi finalda ringga chiqadi:
- -75kg: Isroil Madrimov- Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
Izoh (0)