Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi bilan qutladi. Tabrik matnini Prezident Matbuot xizmati e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Sizni milliy bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Rossiyada do‘st O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot borasida erishayotgan yutuqlar, mamlakatingizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etilmoqda.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik kabi ezgu an’analarga asoslangan munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilgan. Ishonchim komil, biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, mintaqaviy masalalar bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni bundan buyon ham faol rivojlantiramiz. Bu xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob beradi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi intilishlarimizga hamohangdir.

Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyat, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Vladimir Putin,Rossiya Federatsiyasi Prezidenti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari