Mutaxassislar tomonidan Qarshi-Kitob yo‘nalishida ilk bor “Afrosiyob” zamonaviy eletropoyezdi harakatlantirildi. Texnik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi va 30-avgust kuni foydalanishga topshirildi . Bu haqda Axborot va matbuot agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qashqadaryo viloyatiga qatnovchi “Afrosiyob” poyezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabzga yetib keldi. Mazkur loyihaning hayotga tadbiq etilishi yurtimiz aholisi hamda sayyohlar uchun Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida munosib tuhfa bo‘ldi.
Qarshi-Kitob temir yo‘l liniyasini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish loyihasi to‘liq nihoyasiga yetkazildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tajribali mutaxassislari umumiy uzunligi qariyib 124 kilometrdan iborat bo‘lgan mazkur loyihaning qisqa muddatda, sifatli qilib amalga oshirishdi.
E’tiborlisi, 94 kilometr masofani tashkil etuvchi “Toshguzar-Kitob” liniyasi to‘liq elektlashtirilib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi uchun moslashtirildi.
Ma’lumki, joriy yilning 6—10-sentyabr kunlari Shahrisabzda I Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tadi. Xalqaro tadbir qatnashchilari endi bu tadbirga “Afrosiyob” poyezdida kelishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)