Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, ta’lim va san’at vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.
30-avgust kuni Dushanbe shahrida taqdirlash marosimi tashkil etilib, unga O‘zbekistonning taqdirlangan barcha fuqarolari taklif etildi va ular shaxsan prezidentning o‘zidan mukofotni qabul qilib oldi.
Jumladan, marosimda Sherali Jo‘rayevga madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Tojikiston xalq artisti unvoni berildi. Shuningdek, “Ustoz-shogird maktabi” o‘zbek milliy maqom san’ati bo‘limi xodimi Mavluda Xalilovaga ham shunday yuksak unvon topshirilgan.
Izoh (0)