Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

25-avgust kuni Oʻzbekiston xalq shoiri Zokirjon Holmuhammad oʻgʻli Habibiy tugʻilib oʻsgan Andijon viloyatining Paxtaobod tumani markazidagi soʻlim bogʻ marhum shoirning yaqinlari, shogirdlari va muxlislari bilan gavjum boʻldi, deb xabar beradi madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Bunga mazkur bogʻda joylashgan va qayta taʼmirlanib, yangidan tashkil etilgan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Zokirjon Habibiy yodgorlik filiali yangi ekspozitsiyasining rasmiy ochilishiga bagʻishlangan adabiy-musiqiy tadbir sabab boʻldi

Dastavval soʻzni Paxtaobod tumani hokimi oʻrinbosari olib, yigʻilgan mehmonlarga tuman hokimining tabrigini oʻqib eshittirdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Shundan soʻng, Paxtaobod tuman madaniy markazi sozanda va xonandalaridan iborat musiqiy guruh Habibiy gʻazallari bilan aytiluvchi qoʻshiq ijro etdi.

Tadbirda Andijon viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi shoira Hurshidabonu Qoʻchqorova, shoirning doʻsti Alisher Qosimov hamda Sanʼatbek Inoqovlar Habibiy haqidagi xotiralarini soʻzlab berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Tadbir davomida kuy-qoʻshiq va raqslar ijro etilib turdi, Habibiy izdoshlari boʻlgan yosh shoiralar shoir gʻazallaridan va oʻz ijod naʼmunalaridan oʻqib eshittirdi. Shundan soʻng mehnat faxriysi Feruzaxon Halilova hamda Habibiyning katta qizi Faridaxon Xolmatovalar tasma qirqib muzeyni rasmiy ochib berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)