Bugun, 29-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Boks bo‘yicha musobaqalarda -56 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Miraziz Mirzahalilov chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Harku Enkamarga qarshi ringga chiqib, 3:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Shu tariqa Miraziz ham bugungi janglarda ishtirok etgan Hasanboy Do‘stmatov va Iqboljon Xoldorov singari yarim finalga yo‘l oldi.
Birozdan so‘ng Isroil Madrimov yarim finalga chiqish uchun ringga ko‘tariladi.
Izoh (0)