Bugun, 28-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston nomiga 10-oltin medal ham yozildi.
Dzyudo bo‘yicha -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Diyorbek O‘rozboyev finalda yaponiyalik Toru Shishimega qarshi gilamga chiqdi.
Bahsda Rio-2016 Olimpiadasi sovrindoi bronza medali sohibi medali Diyorbek O‘rozboyev g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari oltin medaliga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun o‘zbekistonlik dzyudochilardan yana ikki nafari, jumladan, 66 kg vazn toifasida Shahram Ahadov hamda -52 kg vazn toifasida Gulnoza Ziyoyeva bronza medali uchun kurash olib boradi.
Izoh (0)