• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Izro Malakov: “Ona-Vatanimizda kuylamoqlik biz uchun eng katta baxt”

    Shu yilning 28-avgust kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida hozirgi paytda Amerika Qoshma Shtatlarida istiqomat qiladigan Ozbekiston xalq artistlari Izro Malakov va Muhabbat Shamayeva konsert beradi. Bundan tashqari, xalq artistlari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 6—10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida ilk bor o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san’ati anjumanida ishtirok etadi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” da maqola e’lon qilindi. Quyida ushbu maqola bilan tanishishingiz mumkin.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”/Hasan Paydoyev

    Foto: “Xalq so‘zi Online”/Hasan Paydoyev

    Bugun ushbu san’atkorlar yurtimizga yetib keldi. Fursatdan foydalanib, ulardan eksklyuziv intervyu oldik. Dastlab Izro Malakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Izro Malakov, O‘zbekiston xalq artisti:

    — Chorak asrdan ortiq vaqt davomida O‘zbekistondan tashqari mamlakatda istiqomat qilib kelayotgan bo‘lsam-da, kindik qonim to‘kilgan yurtga bo‘lgan mehrim, muhabbatim qalbimning tub-tubida yashamoqda. O‘yim, his-tuyg‘ularim, qarashlarim, qilayotgan ishlarim o‘zbeklarga xos. Xatti-harakatlarimda o‘zbekona samimiyat, soddalik, tantilik yaqqol sezilib turadi.

    O‘zbekiston — biz uchun tabarruk diyor. Bu yerda shu qadar katta e’tibor, mehr topganmizki, dunyoning boshqa joyida bunday g‘amxo‘rlikni ko‘rmaganmiz. Shu bois O‘zbekiston so‘zini eshitganimizda har birimizning kayfiyatimizda ko‘tarinkilik uyg‘onadi, ko‘ksimizda mehr otashi yonib, ko‘zimizda uchqunlari porlaydi.

    Buyuk Amir Temur yurti — Shahrisabzda tug‘ilib, voyaga yetdim. O‘zbek xalq san’ati — maqomning umuminsoniy mohiyatini, sehrli kuchini shu yerda angladim. Onam aytgan dilbar qo‘shiqlar meni san’atning sirli ko‘chasiga boshladi. O‘sha jozib ohanglar meni hali ham o‘ziga chorlab turadi va ular bir umrga tark etmasa kerak.

    Xalqimizdek san’atni sevadigan, uning insoniyat taqdiridagi beqiyos o‘rnini anglab, qadriga yetadigan, san’atkorga hurmat, izzat-ikrom ko‘rsatadigan xalqni uchratmaganman. Vatandoshlarimiz hozirgacha bir vaqtlar ijro etgan “Shashmaqom”, “Qurbon o‘lam”, “Samarqand ushshog‘i” kabi ashulalarimizni sevib tinglashini aytishganida quvonchdan to‘lqinlanib ketaman.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida ko‘p yillik samarali ijodim, o‘zbek maqom san’atini rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosini dunyoda targ‘ib etishga qo‘shgan hissam uchun “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlaganida buni yana bir bor chuqur his qildim. To‘g‘risini aytsam, o‘shanda xursandligimdan ko‘zlarimga yosh keldi, kuchli hayajon, g‘urur butun vujudimni qamrab oldi va bu tuyg‘ular hozir ham ko‘ksimni to‘ldirib, o‘zimga ishonchimni mustahkamlab turibdi. Yangidan yangi kuch bag‘ishlayapti. Bundan keyin ham maqom san’atining yanada ravnaq topishiga, xalqimizning mazkur noyob madaniy merosini dunyoga keng yoyishga hissa qo‘shishga undaydi.

    Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida “Shashmaqom” akademiyasini ochib, unda yuzga yaqin iste’dodli yoshlarga ushbu nodir san’atning sir-asrorlaridan saboq beryapmiz. Shu bilan birga, ularning qalbida o‘zbek xalqiga bo’lgan hurmat-ehtirom yuksalmoqda, ulug‘ tarixi, urf-odatlari, qadriyatlariga qiziqish ortmoqda.

    Konsert dasturidan tashqari, tug‘ilgan go‘sham — Shahrisabzda o‘tkaziladigan nufuzli Xalqaro maqom san’ati anjumanida qatnashishni rejalashtirganmiz.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”/Hasan Paydoyev

    Foto: “Xalq so‘zi Online”/Hasan Paydoyev

    Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan maqom san’ati o‘zining boy qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va ijodiy an’analari bilan milliy musiqa madaniyatimizning asosini tashkil etadi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ushbu san’at bayramining tashkil etilishi dunyo xalqlariga milliy musiqa san’ati an’analarini targ‘ib qilish bilan birga, uni asrab-avaylash hamda yanada rivojlantirish, tili, madaniyati, urf-odatlari turlicha bo‘lgan millat va elatlarni san’at vositasida birlashtirish, ularni go‘zallik, nafosat hamda ezgulikka da’vat etishga xizmat qiladi.

    26.08.2018, 18:02   Izoh (0)   16296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi

    26.08.2018, 17:52

    Nukusda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning ulkan bayroqlari hilpiray boshladi (foto)

    26.08.2018, 17:31

    Andijonda yana bir bepul kutubxona tashkil etildi

    26.08.2018, 16:52

    Sergelida Toyota Prado TXL 2.7 avtomobili auksionga qo‘yildi

    26.08.2018, 16:21

    Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun yangi turdagi dala formasi tasdiqlandi

    26.08.2018, 16:10

    Toshkentda Italiya madaniy markazi ochilishi mumkin

    26.08.2018, 15:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:51

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:21

    Rossiya har oy 6 mingdan ortiq Shahed droni ishlab chiqarmoqchi — CNN

    Dunyo | 24 avgust, 10:55

    Kinotavsiya: Vaqtlararo sayohat haqidagi 7 ta fantastik serial

    Kino | 24 avgust, 10:36

    DXX kubogi: “Jomiy” mahallasi yoshlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 avgust, 10:18

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 10:12

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.