Fransiyaning Cifal kompaniyasi O‘zbekistonga yadro sohasini rivojlantirishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida ma’lum qilinishicha, kompaniya mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘z ishlanmalari va tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor.
Xususan, Cifal “O‘zatom” agentligiga Rossiya tomoni (“Rosatom”) bilan O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha birgalikdagi texnik, tijoriy va moliyaviy muzokaralarni olib borishda hamkorik qilishga qiziqmoqda.
Cifal AESni qurish va ishga tushirish uchun uskunalar tanlash, O‘zbekiston va Rossiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani moliyalashtirish masalalarini hal qilishda yordam berishga tayyor.
Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya respublikada atom elektr stansiyasini qurish haqida kelishib olgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)