O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “Kamalak” bolalar tashkiloti bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatilgan; bu lavozimda Murod Zufarov faoliyat yuritayotgan edi.
Avvalroq tashkilot raisining avvalgi birinchi o‘rinbosar Odil Tojiyev Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingan edi. Yoshlar Ittifoqidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, hozirda ushbu lavozimga bir necha nomzod ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)