Bugun, 17-avgust kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga yetib keldi. Uni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi. Kutib olish marosimi “O‘zbekiston 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.
Tashrif mobaynida Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimidan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston—Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
https://www.facebook.com/Mirziyoyev/videos/2085848775010723/?notif_id=1534478926159840¬if_t=live_video
Izoh (0)