2007-2015-yillar davomida “Vilyarreal” klubida harakat qilgan, Yevropaning ikki bor chempioni Santi Kasorla jamoaga qaytdi. Futbolchi “Arsenal”dagi faoliyatidan so‘ng yana o‘zining sevimli klubida to‘p suradigan bo‘ldi.
Jamoa Santini muxlislarga tanishtirishning antiqa yo‘lini tanladi. Futbolchi muxlislar ko‘z o‘ngida ko‘zboyloqchi tomonidan maydonga o‘rnatilgan kameradan tutunlar ichra chiqib keldi. Bu esa muxlislarni hayratga soldi. Endi u yana o‘z o‘yini bilan muxlislarni hayratga solsa bo‘lgani!?
Izoh (0)