“Barselona”ning ikki futbolchisi — Yerri Mina va Andre Gomesh yangi mavsumni Angliyaning “Everton” klubida boshlaydigan bo‘ldi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Yerri Mina uchun “Everton” 30,25 million yevro to‘lagan. “Barsa” yana 1,5 million yevroni esa bonus sifatida o‘ziniki qilishi mumkin.
Mina yangi klubi bilan besh yillik shartnoma tuzadi.
Portugaliyalik Andre Gomesh esa “Everton”ga bir yillik ijara asosida ko‘chib o‘tdi. Gomeshning bir yillik ijarasi uchun “Barselona” 2,25 million yevroga ega bo‘ladi.
Izoh (0)