Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Olimpiya harakatini rivojlantirish komissiyasi a’zosi bo‘ldi. Bu haqda News xabar berdi.
Usmonovdan tashqari rossiyalik 6 nafar shaxs ham qo‘mita tarkibidan o‘rin oldi.
Jumladan, Rossiya tennis federatsiyasi prezidenti Shamil Tarpishev, sinxron suzish bo‘yicha besh karra olipmiada chempioni Anastasiya Davidova, Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi prezidenti Oleg Matisin, Yevropa o‘q otish konfederatsiyasi prezidenti Vladimir Lisin, ikki karra olimpiada chempioni Yelena Isinbayeva hamda qilichbozlik bo‘yicha olimpiya o‘yinlar chempioni Pavel Kolobokov ham Xalqaro olimpiya qo‘mitasi komissiya a’zoligiga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun Alisher Usmonov yaqinda Londonning “Arsenal” klubidagi aksiyalarini sotib yuborgan edi.
Izoh (0)