• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haj sirlariga ishora

    “Muslimaat.uz” muslimalar sahifasida haj sirlari haqida maqola e’lon qilindi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Muslimaat.uz”

    Foto: “Muslimaat.uz”

    Biling, yolg‘izlik va ajralishlik bilan Alloh xizmatida qoim bo‘lish orqali Unga yetiladi. Rohiblar Alloh (unsini) suhbatini topish talabida tog‘larda yolg‘izlikda bo‘lishardi. Shuning uchun ham haj bu ummatga rohiblik etildi.Uning yana odoblarini aytish mumkinki, hoji o‘zining hajida Alloh ibodatida bor vujudi bilan jam (qoim) bo‘lishi uchun qalbini mashg‘ul etadigan oldi-sotdi va himmatini buzadigan amallardan hamda ko‘p zebu-ziynatdan xoli bo‘lishi, sochlari chang-g‘uborga belangan, kiyimlari to‘zigan bo‘lishi kerak.

    Hoji, iloji boricha, zambil narvonga minmasligi lozim, magar uzrli bo‘lsa, joiz (hozir g‘ildirakli arobalar mavjud… – tarj.). Shu kabi taom va anjomlarini ko‘tarib yuradigan hammol yollamasligi kerak, zero Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ustiga eski egar urilgan ulovda haj etganlari ma’lum.

    Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat etgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan shunday naql etiladi: “Darhaqiqat, Alloh taolo hoji bilan maloikalar huzurida faxrlanib: “Mening bandalarimga qaranglar! Dunyoning hamma yeridan chang-to‘zonga belanib Mening huzurimga kelishdi. Sizlarning guvohligingizda ayturmanki, Men ularning gunohlaridan o‘tdim”, deydi». Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat etganlar.

    Alloh taolo O‘z uyini sharafladi va uni ulug‘lab O‘zining bandalari uchun uni tikladi. Atrofini daxlsiz ayladi va amrini mashhur qilib, sha’nini ulug‘ladi. Atrofini o‘zining kengligiga o‘xshagan maydon ayladi.

    Biling! Haqiqatan ham haj af’ollarining har birida eslovchi uchun eslatma, ibrat oluvchiga ibrat bor. Shu jumladan, safar uchun lozim bo‘lgan zodu-roxilani hozirlash oxirat uchun solih amallar darkorligini eslatadi. Unga hech bir foyda ham bermaydigan, u bilan birga bo‘lmaydigan riyo, shuhrat yo‘lida ado etilgan fosid amallardan ehtiyot bo‘lishga da’vat etadi. Buning misoli safarning birinchi kunlaridayoq buzilib, yaroqsiz holga kelgan ho‘l taomga o‘xshaydi, bas, uning sohibi taomga hojati tushgan vaqtda nima qilarini bilmay hayronlikka tushadi. Hoji o‘z vatanidan uzoqlashib, cho‘lu biyobonlarga kiradi va qanchadan-qancha to‘siqlaru qiyinchiliklarga guvoh bo‘ladi. Bularning barchasi vafot etishi bilan dunyodan qiyomat miqotiga chiqishini hamda dunyo va qiyomat o‘rtasidagi qo‘rqinchu dahshatlarni xotirasiga keltiradi.

    Shuningdek, kiyimlarini yechib, ehrom bog‘lash vaqti unga go‘yo kafaniga kirganini eslatadi. Zero, u Parvardigori huzuriga dunyo ahlining kiyimidan o‘zgacha libosda boradi. Agar u “Labbaykallohumma! Labbaykallohumma!” (“Labbay, ey Allohim! Labbay, ey Allohim!”) deb talbiya aytsa, o‘zining bu nidosi bilan Alloh taoloning “Odamlarga haj etishlariga izn bering” (Haj surasi, 27-oyat) degan so‘ziga javob bergan bo‘ladi. Haji qabul bo‘lishini umid etishi va duolari mustajob bo‘lmasligidan qo‘rquvda bo‘lishi lozim. Shu kabi u Harami sharifga yetib kelganida azob-uqubatdan omonda bo‘lishini rajo (umid) etmog‘i va Allohga yaqin bandalar jumlasidan o‘zgacha bo‘lib qolishdan, xavf-xatarda bo‘lmog‘i zarur bo‘ladi. Qanday bo‘lmasin, umid g‘olib kelmog‘i lozim, zero, karam umumiy, ziyoratchining haqqi rioya etiladi va himoya so‘rovchining talabi javobsiz qolmaydi. Inshaalloh!

    Yana agar Baytullohni ko‘rsa, uning ulug‘ligini qalbida (mujassam) hozir etadi. Ziyoratchilar safida uni ham bu muborak yerga yetkizgani uchun Alloh taologa behad shukronalar aytadi. Baytulloh tavofi ulug‘ ekanligini chin dildan his qiladi, zero, u ibodatdir. Hajar ul-asvadni bo‘sa etganida u Alloh taolo toatiga bay’at etdim, deb e’tiqod qiladi. Bay’atga vafo etish borasidagi aziyatini ham ta’kidlaydi. Ka’ba po‘shiga osilib, uning ostonasiga qalbini bosgan vaqtda go‘yo o‘zini gunohkor, Xo‘jasi huzurida panoh topgandek, o‘ziga mahbubi yaqin bo‘lganidek his etadi.Bu haqda ulardan ba’zilari quyidagi baytlarni aytadi:

    Bayting pardalari sendan omonlik belgisi, bilding,Ey Boriy Xudo! Yordam istovchilarga ularni osib qo‘yding.Men etmasman gumon osilgan vaqtimda ularga,Otashi do‘zaxdan qo‘rqib, yaqin etding meni olovga,Mana, men Bayting yonidaman, aytgan eding bizlarga:“Baytullohni haj etinglar”, deya,Qo‘shnilar rioyasini vasiyat aylading.

    Shuningdek, hoji Safo va Marva tog‘lari o‘rtasida sa’y etgan vaqtida ularni tarozi pallasiga o‘xshatishi lozim. O‘rtasidagi borib-kelishni esa qiyomat arosatiga yoki qul o‘z xojasi uyi eshigiga tez-tez qatnashiga o‘xshatishi lozim. Bu bilan u xolis xizmatini Unga izhor etadi va unga rahmat ko‘zi bilan qarashidan, hojatini ravo etishda Undan umidvor bo‘ladi.

    Arofat tog‘ida qoim bo‘lgan vaqtida odamlarning bir yerda zich bo‘lib turgani, ularning baland ovozlari, har xil lahjadagi so‘zlari, turli xalqlarning bir o‘ringa jam bo‘lishi va gunohlardan shafoat tilashlari hojiga qiyomat kunini eslatadi.

    Shaytonga tosh otgan vaqtida esa bu bilan Alloh amriga bo‘yin egishni, qullik va bandalikni izhor etishni, beorom nafsning Alloh amrlarini ado etishini lozim deb biladi.

    Hoji Madinai munavvaraga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ziyoratlari uchun tashrif etganida, uning birinchi manzaralari namoyon bo‘lganida bu muborak shaharni Alloh taolo Payg‘ambariga ixtiyor qilib, u Zotga hijrat etishni amr etganini beixtiyor esga oladi. U Zot alayhissalomning turbatlari shu yerda bo‘lishini Alloh iroda etganligini xotirlaydi.

    Siz ham o‘z ko‘nglingizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu shahar yeriga qo‘ygan muborak qadamlari o‘rnini namoyon eting hamda u Zotning xushu’, ta’zim va tavozularini o‘zingizda tasavvur eting. Payg‘ambar alayhissalomning ravzalarini ziyorat qilmoqchi bo‘lsangiz, u Zotning ta’zimlarini va hurmatlarini qalbingizda hozir eting. Xayolingizga u Zoti sharifning mukarram suratlarini keltiring. Qalbingizda ulug‘ darajalarini hozir qilib, u Zotga salom bering. Bilingki, u Zoti oliylari sizning hozir bo‘lganingiz va salom berganingizni batahqiq biladilar, zero bu hadislarda voriddir.

    Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat etishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Uylaringizni qabrga aylantirmang (ya’ni sunnat va nafl namozlar o‘qib ularni obod eting… – tarj.), qabrimni o‘zlaringizga iydgoh qilib olmangizlar. Menga salovot aytinglar, sizlar qayerda turib menga salovot o‘qisangizlar, albatta, menga yetib kelgusidir”. Bas, qaysi joyda bo‘lmasin, aytilgan salovot Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetib kelar ekan. U Zot alayhissalomning muborak ravzalari oldida turib aytilgan salovotning yetib borishi a’loroq, balki u Zot bu salavot va salomlarni eshitarlar, zero anbiyolar tirik bo‘lib, o‘z marqadlarida Allohga ibodat etadilar, chunonchi bu holat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Isro kechalarida ma’lum bo‘lgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Muso alayhissalomning o‘z qabrlarida Allohga ibodat etayotganlarini eshitdilar.

    10.08.2018, 09:01   Izoh (0)   76181
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qalbakilashtirilgan ruxsatnomalar, super kontraktning super narxlari: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov bilan suhbat (video)

    10.08.2018, 08:42

    9-avgust kungi test sinovlarida salkam 57 ming abituriyent ishtirok etdi

    10.08.2018, 08:29

    Toshkentdagi “Bo‘rijar” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

    10.08.2018, 08:23

    Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

    10.08.2018, 08:17

    Toshkent shahar IIBBga daraxtlar kesilayotgani haqida kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borildi

    09.08.2018, 23:49

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” Vladivostokka muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

    09.08.2018, 23:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40

    Xitoy va AQSH o‘rtasida savdo shartnomasi imzolandi

    Dunyo | 27 iyun, 20:25

    Urush suratlarini yoritgan, xalq dardini gapirgan va haqiqat uchun jon bergan jurnalistlar

    Dunyo | 27 iyun, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.