AQShning Montana shtatidagi yo‘ltanlamas hamda pikaplar uchun aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan American Expedition Vehicles korxonasi Jeep Wrangler asosida avtokemper (g‘ildirakli uy) bunyod qildi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.
Loyiha Outpost II nomini oldi. Mazkur mashinani sotib olishning imkoni yo‘q. Boisi, ulov faqat yagona nusxada va u ham bo‘lsa kompaniya prezidenti uchun.
Mashina ikki oshxona (tashqi va ichki), ikki kishilik yotoqxona bilan jihozlangan.
Shuningdek, “g‘ildirakli uy”dan 50 litr hajmli muzlatgich, gaz plitasi, 83 litr suv uchun idish ham o‘rin olgan.
Izoh (0)