Venesuela prezidentiga suiqasd fonida mamlakatda 11 nafar jurnalist qo‘lga olindi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Shuningdek, Nikolas Maduroga nisbatan qotillikka aloqadorlikda gumon qilinib, yana olti kishi ushlandi. Yetakchining o‘zi xalqqa murojaat bilan chiqish qilib, buning ortida Kolumbiya o‘ng kuchlari va shaxsan mamlakat rahbari — Xuan Manuel Santos turganini aytdi.
Oq uy suiqasdga aloqadorligini rad etdi. Hodisa Nikolas Maduroning Milliy gvardiya tashkil qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan marosimdagi nutqi chog‘ida yuz berdi. Hujum uchun portlovchi qurilma o‘rnatilgan ikkita dron ishlatildi. Kuch tuzilmalarining yetti xodimi yaralandi.
Izoh (0)