NATOning Afg‘onistondagi “Qat’iy ko‘mak” missiyasi ishtirokchilari — chexiyalik uch nafar harbiy xizmatchi terrorchi-xudkush hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Voqea Bagram aviabazasi yaqinida yuz bergan. Chexiya mudofaa vaziri Yan Sexmaysterovning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yoshi mos ravishda 36, 28 va 25 da edi.
“RIA Novosti”ning qo‘shimcha qilishicha, portlash oqibatida bir amerikalik harbiy va afg‘on armiyasining ikki askari ham tan jarohati olgan.
NATOning Afg‘onistondagi harbiy operatsiyasi 2014 yili yakuniga yetgan edi. “Qat’iy ko‘mak” noharbiy missiyasi esa 2015 yil 1 yanvar kuni boshlangan. 2018 yil iyulida ushbu missiyani 2024 yilgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilingan edi.
Izoh (0)