Italiyaning Bolonya shahrida kuzatilgan yong‘in va ketma-ket portlashlardan so‘ng 67 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
55 kishi Bolonyadagi bosh gospitalga yotqizilgan, yana 10 kishi Badzanodagi shifoxonaga yuborilgan. Yana ikki kishini esa Chezena va Parma qabul qilgan. Ularning bari og‘ir jarohat olgan.
Mavzuga doir: Bolonyadagi shosseda portlashlar yuz berdi. Kamida bir kishi halok bo‘lgan, 40 kishi jarohatlangan (video va foto)
Yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hodisaga benzovozning portlashi sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng alanga benzovoz YTHga uchrab, portlagan ko‘prik ostidagi avtosalonlardagi mashinalarga o‘tgan, ular ham portlay boshlagan.
Hodisa oqibatida ko‘prikning bir qismi qulagan.
Izoh (0)