Bekzod Usmonov “Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Respublika fond birjasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
U birjani 2015-yil kuzidan buyon boshqarib, o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgan Alisher Yo‘ldoshev o‘rniga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Bekzod Usmonov prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Iqtisodiyot vazirligida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh (0)